Axborot-resurs markazi

2013-12-03 | admin | 1091

Axborot-resurs markazi

Ma'lumki, filial Axborot-resurs markazi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi PQ-371-sonli “Respublika aholisini axborot-kutubxona xizmati bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risida”gi qaroriga asosan tashkil qilingan. TATU Urganch filiali axborot-resurs markazida “Axborot-kutubxona faoliyati to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini ta'minlash borasida tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, axborot-resurs markazi faoliyatini rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida axborot-resurs markazining samarali faoliyatini ta'minlash, yosh avlodni intellektual extiyojlarini qondirishga, qaratilgan yangi tizimni yaratish borasida ancha ishlar amalga oshirilgan.