“Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar respublika tanlovi

12-06-2017 | admin | 390

O'zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta mahsus ta'lim vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi va O'zbekiston Badiiy Akademiyasi hamkorligida “Yurt kelajagi” iqtidorli yoshlar respublika tanlovi o'tkaziladi. Tanlovdan maqsad Mamlakatimizda o'sib, voyaga etayotgan yosh avlodni har tomonlama mukammal tarbiyalash, iqtidor va iste'dod sohiblari bo'lgan yoshlarga g’amho'rlik ko'rsatish, qo'llab-quvvatlash, ijod va bilim cho'qqilarini egallashlariga ko'mak berish, iste'dod va intellektual salohiyatlarini ro'yobga chiqarish, moddiy va ma'naviy jihatdan rag’batlantirish. Tanlov yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

  1. Arxitektura va dizayn;
  2. Axborot tehnologiyalari, rasionalizatorlik takliflar va tehnik ishlanmalar yo'nalishi;
  3. Tasviriy va amaliy san'at yo'nalishi;
  4. Adabiyot va jurnalistika yo'nalishi;

Tanlovda ishtirok etishni hohlovchi talabalar filial Ma'naviyat-ma'rifat va i?tidorli yoshlar bilan ishlash bo'limiga murojat qilishi mumkin. (104-hona)