Korruptsiya farzandlarimizni barkamol o’sishiga to’sqinliq qiluvchi illat.

22-08-2017 | admin | 61

O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining nomiga Ichki ishlar vazirligining 2017 yil 18 iyulda yo’llangan xatiga joriy yilning 7 oyi davomida Ichki ishlar xat vazirligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan 2017G’2018 o’quv yili bo’yicha qabul mavsumi munosabati bilan o’tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, oliy ta’lim muassasalari xodimlari ishtirokida 22 ta jinoyat sodir etilgani aniqlangan. Ularning 16 tasini so’ngi ikki oy mobaynida sodir etilgan jinoyatlar tashkil etadi. Jumladan, joriy yilda quyidagi shahslar:

  • 21 iyun kuni Samarqand davlat universiteti Filologiya fakulteti Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha dekani o’rinbosari N.X.Ubaydullaev ko’rsatmasi bilan, mazkur universitetning Filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Sh.Sh.Ustimirov;
  • 22 iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Tarix kafedrasi o’qituvchisi , qabul kommisiyasia’zosi Sh.I.Ikromov;
  • 28 iyun kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti Gidromelioratsiya fakulteti dekani o’rinbosari Sh.N.Barlibaev ko’rsatmasi bilan, mazkur institutning 4-kurs talabasi T.T,Ochilov;
  • 6 iyul kuni Toshkent temir yo’l transporti muxandislari instituti Talabalar shaharchasi direktori M.N.Masharipov ko’rsatmasi bilan shu institut magistranti U.R.Majidov va fuqaro J.A.Minnavarjanov;
  • 13 iyul kuni Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti Moliya-iqtisodiyot ishlari bo’yicha prorektori, qabul kommissiyasi a’zosi B.K.Abdusamatov fuqaro U.H.Haydarov orqali;
  • 14 iyul kuni Samarqand qishloq xo’jaligi instituti huquqshunosi, qabul komissiyasi a’zosi S.O.Boboevlar fuqarolardan ularni o’qishga kiritib qo’yish evaziga katta miqdordagi pullarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Qayd etilgan hollarda yuzasidan oliy ta’lim muassasalari xodimlari va talabalariga nisbatan O’zR JKning210-moddasi, 168-moddasi va 28, 211-moddasi tegishli bandlari bilan jinoyat ishlari qo’zg’atilgan.