O’zbekistonda ¬axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivoji mamlakat ravnaqining asosiy omilidi

22-08-2017 | admin | 70

Xozirda mamlakatimizning ijti­moiy-iqtisodiy taraq­qiyotida ­axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining aha­miyati har qachongidan ham dolzarb­ bo’lib hayotiy zaruratga ay­langan. Mamlakatimizda qay bir soha rivojiga ahamiyat bermaylik, ularning zamirida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining hissasi yuqo­ri bo’layotganini ko’ramiz.

Istiqlolning dast­labki yillaridanoq axborot-kom­munikatsiya texnologiyalarini har tomonlama ravnaq toptirish, uning huquqiy-tashkiliy hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga, soxa uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan katta e’tibor tufayli AKTni zamon talablariga muvofiqlashtirish va takomillashtirish dasturi yaratildi.            Tarixan qisqa davrda AKTning mustahkam infratuzilmasi, malakali kadrlar tayyorlash tizimi shakllantirildi. Axborot texnologiyalarining davlat boshqaruvi va ishlab chiqarishda keng joriy qilinayotgani natijasida tarmoq muntazam kengayib, uning ahamiyati yanada ortib bormoqda.

   Respublikamizda bugun telekommunikatsiya soxasida bir qancha davlat va tijorat tashkilotlari o’z xizmatlarini taklif etib kelmoqda. 

Xususan, «O’zbektelekom» AK- butun O’zbekiston Respublikasi hududini o’z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik telekommunikatsiyalar operatoridir. Kompaniya mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish bo’yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Internet tarmoqidan foydalanish, videokonferensaloqa xizmatlarini taqdim etadi, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi.

2004-yildan boshlab «O’zbektelekom» AK ixtisostirilgan filiali tomonidan CDMA-450 standartidagi mobil va statsionar aloqa xizmatlarini ko’rsatilayotgan bo’lsa, 2006-yildan boshlab UZMOBILE tarmog’i xizmatlari Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Xorazm, Navoiy, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo hamda Surxandaryo viloyatlarida taqdim etilmoqda.

2009–2010 yillarda O’zbekiston Respublikasi mintaqalarida 3GG’EV-DO texnologiyalarini joriy etilishi bilan UZMOBILE CDMA-450 tarmog’ini rivojlantirish ishlari boshlandi. «Telekommunikatsiya tarmošlari va inshootlarni modernizatsiya šilish va rivojlantirish» investitsiya loyiќasiga muvofiq, filial tomonidan O’zbekiston Respublikasi hududi bo’ylab 3GG’EV-DO yuqori sifatli internetni joriy etish ishlari amalga oshirila boshlandi. Ma’lumotlarni 3,1 MbG’s. tezlikda uzatish imkonini beruvchi 3GG’EV-DO texnologiyasini joriy etish bilan tarmoqni kengaytirish loyihasi amalga oshirildi.

2014-yil 12-fevralda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2126 sonli «Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’irisida"gi qarori qabul qilindi. UZMOBILE filiali O’zbekiston mobil aloqasi milliy operatoriga aylandi, unga mobil aloqa bozorida milliy kompaniyalarning keng ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning ko’chma mobil aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlash vazifalari yuklatilgan.

Qarorga muvofiq, 2015–2017 yillarda butun O’zbekiston hududi bo’ylab mobil aloqa milliy operatori UZMOBILEni jahon ishlab chiqaruvchilarning eng yangi uskunalarini o’rnatish orqali jadal rivojlantirish nazarda tutilgan. «O’zbektelekom» AK UZMOBILE filiali CDMA-450 EV-DO tarmog’ini foydalanishga topshirish hamda kelgusida rivojlantirish davom ettiradi. Shu bilan birga, UZMOBILE GSM standarti tarmog’ining qurilishi faol olib borildi.

Viloyatimizda xam bu soxada e’tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan «O’zbektelekom» AK Xorazm filiali — kompaniyaning tarkibidagi hududiy filiali bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 27 dekabrdagi «O’zbektelekom» aktsiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorgarlik kO’rish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 488-sonli qaroriga muvofiq Kompaniyaning «Xorazm Telekom» filiali maqomida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. U Xorazm viloyatidagi is’temolchilarga mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon aloqa hamda telegraf xizmatlarini, shu qatorda aloqa tarmoqlari orqali Internet servis provayderlari bilan hamkorlikda ma’lumotni uzatish tarmog’i xizmatlarini ko’rsatadi.

Filial tarkibida 12 telekommunikatsiya bog’lamalari mavjud bO’lib, ular: Pitnyak shahar telekommunikatsiya bog’lamasi va Hazorasp, Bog’ot, Xonqa, Yangiariq, Xiva, Qo’shko’pir, Shovot, Gurlan, Yangibozor, Yangiariq, Urganch tuman telekommunikatsiya bog’lamalaridir.

«Xorazm Telekom» filialining mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ida 158 ta telefon stantsiyalari mavjud bo’lib, ularning umumiy sig’imi 107,0 ming telefon raqamini tashkil etadi. Filialning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’i to’la raqamlashtirilgan.

Mustaqillik yillari davomida Xorazm viloyatining telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish borasida qator istiqbolli loyihalar amalga oshirildi. Birgina, 2007 yil davomida, Xitoyning «ZTE» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan raqamli telekommunikatsiya qurilmalari asosida montaj qilish ishlari boshlab yuborildi. Unga kora, Urganch shahrining eskirgan analog rusumdagi uchinchi telefon stantsiyasini umumiy sig’imi 8,7 ming raqamga mo’ljallangan «ZTE» qurilmalari asosida modernizatsiya qilindi.

         Bugungi kunga kelib mamlakatimizda yana «elektron hukumat» tizimi tatbiq etilmoqda, internet tarmo­g’iga keng polosali ulanish kengayib, raqamli telekommunikatsiya tizimlariga to’liq o’tish ta’min­lanmoqda. Bundan tashqari, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining axborotlashtirish va interaktiv davlat xizmatlarini takomillashtirish borasidagi faoliyati muvofiqlashtirilib, idoralararo axborot tizimlari yara­tilmoqda va boshqarilmoqda. Shuningdek, raqobatdosh dasturiy mahsulotlarning mamlakatimiz­da ishlab chiqarilishini, ichki bozorni hamda ularga ko’rsatiladigan xizmatlarni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlashning zamonaviy texnologiya­larini tatbiq etish, internet tarmog’ining milliy segmentini yanada takomillashtirish ham AKT sohasi oldida turgan ustuvor vazifalar sirasiga kiradi.

Ma’lumki, axborot texnologiya­lari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish milliy tizimida ma­halliy dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlash mazkur soha rivojining poydevori sifatida qabul qilingan tamoyildir. Mahalliy dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida dasturchilarning Milliy reestri tuzilib, unga yuzga yaqin mahalliy kompaniya kiritilgan. Software.uz katalogiga 2000 dan ortiq mahalliy dasturiy mahsulotlar kiritildi. Milliy reestrga kiritilayotgan dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilariga soliq va bojxona imtiyozlari, preferentsiyalar berilmoqda.

         «UZ» hududidagi domenlar soni ayni kunda 25 ming­dan oshib, 2017 yilning birinchi choragida yana besh mingga yaqin yangi veb-saytlar ishga tushirildi. Mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni 10 million nafardan oshdi, ya’ni yurtimiz aho­lisining uchdan bir qismi global tarmoq imkoniyatlaridan bahramand bo’lmoqda. Internetdan foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida, res­publikamizda internetning o’tkazuvchanlik darajasi to’rt barobar oshirildi, ulanish tezligi esa 1,5 marta ortdi.              Optik aloqa tarmoqlari kengayishi internetga keng polosali ulanish xizmatlari sifatini oshirdi. Pirovardida, ushbu tarmoq orqali mijozlarga videotelefoniya, internet-televidenie, yuqori tezlikdagi internet, ЌDTV-kanallar va boshqa xizmatlar ko’rsatilmoqda. Yirik loyihalarning amalga oshirilishi simsiz aloqaning taraqqiy etishiga ham xizmat qilmoqda. Bugungi kunda mobil aloqa operatorlari to’rtinchi avlod tarmog’i – 4G (LTE)ni joriy qilmoqda.

     Mamlakatimiz aholisiga yuqori tezlikdagi va ishonch­li internet xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratib berishga xizmat qiladigan magistral ma’lumot almashish tar­moqlarining o’tkazuvchanlik darajasini oshirish maqsadida, «O’zbektelekom» AK Yaponiyaning NEC korporatsiyasi hamda TOYOTA SUSHO savdo uyi bilan hamkorlikda soniyasiga 100 Gbit ma’lumot o’tkazish imkoniyatiga ega bo’lgan DWDM (to’lqin uzunligi bo’yicha ma’lumot uzatish kanallarini zichlashtirish) aloqa tarmog’ini ishga tushirdi. Yangi aloqa tarmog’i poytaxtimizni yurtimizdagi tarixiy shaharlardan biri bo’lgan Buxoro bilan bog’lashga xizmat qiladi.

     Aytish joizki, mazkur aloqa tarmog’i Markaziy Osiyodagi soniyasiga 100 Gbit ma’lumot o’tkazish sa­lohiyatiga ega bo’lgan birinchi telekommunikatsiya tizimi hisoblanadi. Tizimda kogerent qabul qilish va tuzatishning eng ilg’or texnologiyalari qo’llanilgan. Yangi tizim soniyasiga 10 Gbit ma’lumot uzatuvchi an’anaviy tizimdan afzalliklari bilan ajralib turadi. Natijada, videotelefoniya, internet televidenie, yuqori tezlikdagi internet, KDTV-kanallarini tomosha qilish sifatining yuksalishi va telekommunikatsiyaning yangi, zamonaviy xizmat turlarini ko’payishiga zamin yaratildi.

     Bugungi kunda O’zbekiston hudu­dining deyarli barcha qismi raqamli televidenie bilan qamrab olingan bo’­lib, xususan, poytaxtimiz, Toshkent, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Andijon, Namangan, Farg’ona, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasining ko’plab tumanlarida raqamli televidenie dasturlarini yuqori sifatda tomosha qilish, interfaol xizmatlardan foydalanish mumkin.

     Ma’lumki, sohani rivojlantirishda kadrlar tayyorlash masalasi o’ta dolzarb hisoblanadi. Shu bois, ushbu masalaga katta e’tibor qaratilib, iqtisodiyotimizning turli sohalari uchun malakali kadrlar etkazib berish tizimi shakllantirilmoqda. Ushbu maqsadda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va xususan universitening Urganch filialida kompyuter injiniringi, dasturiy injiniring, telekommunikatsiya texnologiyalari, axborot xavfsizligi, axborot kommunikatsiyalari sohasida kasbiy ta’lim,  kabi yo’nalishlar bo’yicha malakali bakalavrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, joriy yilda universitetda magistraturaning ikki yangi yo’nalishi ochildi. Bular «Telekommunikatsiya texnologiyalari» va «Axborot texnologiyalari» yo’nalishlaridir.

Filial tarkibidagi "Kompyuter injiniringi" fakultetida mavjud "Axborot texnologiyalari", "Axborot ta’lim texnologiyalari", "Tabiiy va umumkasbiy fanlar", "Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar", "Dasturiy injiniringi", “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedralarida 56 nafardan ziyod professor-o’qituvchilar talabalarga ta’lim-tarbiya berib kelmoqdalar.

Filial qoshida bitta akademik litsey, axborot texnologiyalari markazi, axborot-resurs markazi, til o’rganish markazi, yosh dasturchilar markazlari faoliyat ko’rsatmoqda. Filial talabalari Respublika va jahon miqyosidagi musobaqa va tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar..

O’zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo’mitasining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi korxona va tashkilotlari bilan hamkorlikda TATU Urganch filialida talabalarning chuqur bilimga ega bo’lishini ta’minlash maqsadida bir qator ishlar qilingan.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi, “O’zbektelekom” AK Xorazm filiali, “TTT” filiali 9-son bog’lamasi, “UZMOBILE” filiali Xorazm uchastkasi, Xorazm viloyati elektromagnit moslashuv xizmati,, Xorazm RTUM, Urganch axborot va kompyuter texnologiyalari KHK va boshqa soha korxonalari etakchi mutaxassislari o’quv jarayoniga jalb qilingan. Hamda ushbu soha korxonalari yetakchi mutaxassislari bilan talabalar o’rtasida muntazam uchrashuvlar o’tkazilib kelinmoqda.

O’quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida filial tomonidan soha korxonalarida ham o’quv-laboratoriya xonalari tashkil qilingan. Jumladan, “O’zbektelekom” AK Xorazm filiali binosida “Telkommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari” laboratoriya xonasi, “TTT” filiali 9-son bog’lamasida tashkil qilingan “Optik aloqa liniyalari” laboratoriya xonasi. Shuningdek TATU Urganch filialida ham soha korxonalari xomiyligida laboratoriya xonalari tashkil qilingan. “Teleuzatish”, “Elektr zanjirlar nazariyasi”, “Elektronika”, “Aloqa liniyalari” laboratoriya xonalari shular jumlasidandir. “Telekommunikatsiya” laboratoriya xonalari zamonaviy fizik stendlar bilan jihozlangan. 

Davr bilan hamqadam bo’lish ta­raqqiyotning asosiy shartidir. Bu esa izchil harakat, uzoqni o’ylab qabul qilingan strategik rejalarni jadal amalga oshirish bilan uzviy bog’liq. O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi ham mamlakatimizda AKT tarmog’ini barcha sohalarga izchil tatbiq etish bilan bir qatorda, yurtimizning ushbu sohada katta yutuqlarga erishgan ilg’or davlatlar safiga qo’­shilishiga xizmat qiladi.