• Xush kelibsiz!

    02-05-2017 | admin | 1351

    Xush kelibsiz!

    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali O’zbekiston Republikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ-91-sonli “Axborot texnologiyadari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori bilan tashkil qilingan. O’zbekiston Republikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-1942-son qaroriga asosan “Kompyuter injiniringi”, “Dasturiy injiniring”, “Telekommunikatsiya texnologiyalari” va “AKT sohasida kasb ta’limi” kabi 4 ta ta’lim yo’nalishlari hamda “Kompyuter injiniringi” kabi magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Bakalavriat ta’lim yo’nalishlari soni 8 ta bo’lib, ularda 630 nafar talabalar, 1 ta magistratura mutaxassisligi bo’yicha 12 nafar magistrant taxsil olmoqda. Filial tarkibida 1 ta “Kompyuter injiniring” fakulteti mavjud bo’lib, undagi 5 ta kafedrada 48 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda.

    Batafsil